Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi. QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan xabarlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqa jinoyatlar singari axborot bergani yo‘q. 

Bugun, 7 may kuni QALAMPIR.UZ holat haqida ma’lumot olish uchun Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Shamsutdinov ushbu holat ro‘y berganini tasdiqladi. 

Uning qayd etishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirida Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSH dollarini pora tariqasida olganda qo‘lga tushgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya prokuratura

Baholaganlar

567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing