Toshkent metrosining ish vaqti o‘zgaradi
Jamiyat
−
18 may 2021
9565Joriy yilning 21 mayidan boshlab Toshkent metropolitenining Chilonzor va O‘zbekiston liniyalari ish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda.
“Joriy yilning 21 mayidan boshlab Toshkent metropolitenining Chilonzor va O‘zbekiston liniyalari ish tartibi vaqtincha soat 06:00 dan 23:00 gacha belgilanadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.
7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.
8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.
Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi.
LiveBarchasi