Toshkent metrosida yo‘lovchining tobi qochgani sababli poyezdlar harakati kechikdi

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda metro yo‘nalishlarida poyezdlar uzoq vaqtda kelayotgani haqida xabarlar tarqalib, ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni munosabat bildirdi.

Kecha, 19 sentyabr sanasi taxminan soat 18:15 lar atrofida Toshkent bekatiga kirib kelgan 37-sonli harakat tarkibidagi yo‘lovchilardan birining tobi qochgan. Yo‘lovchi vagondan bekatga olib chiqilib, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan. 

Oqibatda ushbu harakat tarkibi yo‘nalishda belgilangan jadvaldan 2 daqiqa kech qolgan.

“Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishda poyezdlar belgilangan tartibda harakatlanmoqda”, deyiladi metropoliten xabarida.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing