Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
01 noyabr
3277Toshkent shahridagi metroda voyaga yetmagan qizning tanasini ushlab, shilqimlik qilgan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishib chiqdi.
Aniqlanishicha, hodisa 2024 yilning 30 oktyabr kuni soat 16:00 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning “Novza” bekati yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida sodir bo‘lgan.
Sud majlisida huquqbuzar o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, haqiqatdan ham o‘ziga notanish bo‘lgan voyaga yetmagan M.S.ning belidan past qismini qo‘li bilan ushlaganini, hozirda qilmishidan pushaymon ekanini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Sud qarori bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham metroning “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida notanish qizning belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 3 sutkaga qamalgandi.
LiveBarchasi