Toshkent metrosida poyezd 1 soatga to‘xtab qoldi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poyezd soat 10:50 lar atrofida elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab “Olmazor” bekatida to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar esa bekatdan chiqarildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Shu sabab, “Chilonzor” yo‘nalishining qolgan bekatlarida ham poyezdlar harakati belgilangan reja jadvalidan o‘zgargan holda bir tomonlama va kichik halqa jadvali asosida harakatlandi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilganidan so‘ng soat 11:58 da nosozlik bartaraf etilib, poyezdlar harakati tiklangan. Hozir harakat doimiy jadval asosida davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd metro

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing