Toshkent metrosida barcha aloqa kompaniyalari ishlay boshlaydi

Jamiyat

image

Tez orada Toshkent metropoliteni bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari ishlay boshlaydi va bepul Wi-Fi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Transport vazirligi va “Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda metropolitenning barcha bekatlarida birgina mobil aloqa vositasi va bepul internet tarmog‘i (Wi-Fi) ishlayapti. 

Ma’lum qilinishicha, metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va eng muhimi tezkor muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda “Metropoliten-yo‘lovchi” portali ochiladi. Ushbu portal orqali barcha yo‘lovchilar metropoliten faoliyati bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 avgustidan Toshkent metrosining Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlarida poyezdlarning bekatga kelish vaqti qisqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing