Toshkent metrosida ayol poyezd yo‘liga yiqilib tushdi (video)

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent metrosining Chilonzor metro bekati platformasida bir ayol o‘zini poyezd yo‘liga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent metropoliteni matbuot xizmati voqeaga aniqlik kiritdi.

Bildirilishicha, bugun, 27 dekabr kuni Chilonzor metro bekati platformasidagi yo‘lovchilardan birining tobi qochib, metro yo‘liga yiqilib tushgan. 

Bekatda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida, yo‘lovchi hech qanday tan jarohatlarsiz xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan hamda unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida noma’lum shaxs (erkak) o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing