Toshkent metrosi poyezdi tunnel ichida to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosi poyezdi tunnel ichida to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 23 yanvar kuni soat 23:31 lar atrofida “Pushkin” metro bekatidan “Hamid Olimjon” metro bekati tomon harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibi tunnel ichida harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi metall buyum mavjudligini aniqlagan. Mazkur holat bo‘yicha zudlik bilan poyezd nozimi xabardor qilingan hamda yo‘nalishda harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash maqsadida harakat nizomiga asosan kontakt relsdan tok uzilgan holda xodimlar tomonidan harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.

Mazkur holat bartaraf etilib, yo‘l tozalanmaguniga qadar poyezd harakati taxminan 13 daqiqa davomida vaqtincha to‘xtab turgan. Shundan so‘ng metro poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida qayta tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent yerusti metrosida 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing