Toshkent metropolitenida elektr uzilishi sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 dekabr kuni Toshkent metropolitenida elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi. 

Taxminan soat 13:15 lar atrofida metropolitenni tashqi elektr energiya bilan ta’minlovchi korxonalarda elektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan qisqa uzilish sababli, "Chorsu" bekatining kirish svetaforida taqiqlovchi qizil chirog‘i yongan. Buning oqibatida, 40-sonli harakat tarkibi belgilangan yo‘riqnomaga asosan bekatga kirib kelishda to‘xtab turgan.

"Toshkent metropoliteni" DUK bergan rasmiy munosabatda, elektr energiyani qayta tiklash yuzasidan tezkor chora-tadbirlar natijasida 8 daqiqadan so‘ng harakat tarkibi o‘z harakatini davom ettirgan.
 
Qayd etilishicha noqulayliklar bartaraf etilib poyezdlar o‘z yo‘nalishida belgilangan jadvalga ko‘ra harakatni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 dekabridan Toshkentda 2 ta yangi metro bekati ish boshlashi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliteni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing