Toshkent metropolitenining xaritasi yangilandi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining xaritasi yangilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, metropolitenning bir-necha yildan buyon qurilishi davom ettirilayotgan Er usti halqa yo‘lining O‘zbekiston liniyasini Chilonzor yo‘li bilan bog‘lovchi qismi ham xaritaga kiritilgan va sariq rang bilan belgilangan. Yangi liniyaning ushbu qismi 12 ta bekatni o‘z ichiga oladi va "Do‘stlik" bekatidan Sergeli tumanidagi yangi metro stansiyalariga borib ulanadi. 

Chizmadagi katta o‘zgarishlardan yana biri, avval tartib raqamlar bilan belgilangan ushbu bekatlar xaritaga yangi nomlari bilan kiritilgan. 

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitening Yer usti halqa aylanma yo‘li jami 37 ta bekatni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan va qolgan bekatlar hali qurilish jarayonida. 

Eslatib o‘tamiz,10 avgust kuni Toshkent shahridagi 19 ta yer usti metro bekatiga yangi nom berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten xarita

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing