Toshkent markazidagi bir nechta ko‘cha vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri markazidagi bir nechta ko‘cha vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 noyabr kuni Davlat bayrog‘i kuni va Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” hamda “Ekiden” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan shaharning quyidagi ko‘chalari vaqtincha yopiladi:

17 noyabr kuni soat 00:00 dan 19 noyabr kuni soat 12:00 gacha:

•  Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

19 noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

•  Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Afrosiyob Islom Karimov ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing