Toshkent markazidagi 4 ta ko‘cha 5 kunga yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 21 may kunidan 25 may kuniga qadar soat 06:00 dan 00:00 gacha poytaxt Toshkent markazidagi 4 ko‘cha yopiq bo‘ladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Ko‘chalar Yoshlar uchun “Toshkentda besh tashabbus” tadbirlari o‘tkazilishi munosabat avtotransport vositalari uchun yopiladi.

Harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati:

– Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;

– Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing