Toshkent markazida “ognetushitel” portlatganlarga hukm o‘qildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvar kuni poytaxt Toshkentdagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida fuqarolar Yangi yilni nishonlash maqsadida qo‘lbola “ognetushitel” portlatgandi. Oqibatda holatni videoga olayotgan 3 kishi jarohatlangandi. Mazkur hodisaga aloqador bo‘lgan 13 kishiga ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olingandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida holat yuzasidan 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bergan.

Surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, ushbu 8 nafar shaxs oldindan til biriktirib, pirotexnika vositalarini qonunga xilof tarzda tayyorlash, saqlash, tashish va undan foydalanish jinoyatini sodir etgan. 

“To‘rtta barmog‘im singandi. Bitta barmog‘imni olib tashlashgan. Endi keyingi operatsiyada pay bilan nervlarni ulashadi. 55 kun davolandim. Sudlanuvchidan bittasi moddiy yordam ko‘rsatdi. Hech kimdan da’voyim yo‘q. Sudga havola qilaman”, deydi hodisa oqibatida jabrlanganlardan biri.

Sud hukmiga ko‘ra, 5 nafar sudlanuvchiga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing