Toshkent maqomi to‘g‘risida qonun qabul qilish vaqti keldi – Prezident
Jamiyat
−
16 dekabr 4568 2 daqiqa
Toshkent shahri faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish vaqti keldi. Bu haqda bugun, 16 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“Poytaxt – davlatning siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Poytaxtni boshqarish, rivojlantirish va muhofaza qilish bo‘yicha o‘ziga xos yondashuvlar bo‘lishi kerak”, dedi davlat rahbari.
Shuning uchun Toshkent shahar kengashiga orttirib bajarilgan daromadning mahalliy byudjetga qaytariladigan qismidan 20 foizini tumanlarga taqsimlash vakolatini berish taklif qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar va tuman hokimlariga mahalliy kengashlar bilan kelishgan holda bo‘sh mablag‘larni depozitga qo‘yishga ruxsat etiladi.
Umuman, Toshkent shahri faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.
“Mahalla yettiligi”ning samarasini oshirishda poytaxt yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
2026 yildan Toshkent shahrida yangi tizim joriy qilinadi – “mahalla yettiligi” to‘liq shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tadi. Hokim o‘rinbosarlariga “mahalla yettiligi”ning har bir a’zosiga yangicha yondashuv asosida KPI ishlab chiqib, tizimdagi ortiqcha hisobotlar kabi byurokratiyani yo‘qotish topshirildi.
“Yettilik” hisobotlar bilan emas, balki odamlarning og‘irini yengil qilish bilan shug‘ullanishi zarur”, dedi Prezident.
Live
Barchasi