Toshkent ko‘chalarida ruxsat etilgan harakatlanish tezligi pasaytirildi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2022
17554Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 71-sessiyasida poytaxtning qator ko‘chalarida avtomobillarda harakatlanish tezligini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kmgacha cheklanadi.
Ayrim ko‘chalarda trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklanadi. Bular qatoriga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li kiradi.
Avvalroq Toshkentning ayrim ko‘chalarda avtomobillar uchun yuqori tezlikni soatiga 60 kilometrgacha cheklash taklif etilgandi. Biroq Xalq deputatlari kengashi deputatlari taklifni qayta ishlash uchun qaytargandi.