Dunyo go‘zali Ayshvariya Ray koronavirusga chalindi

Olam

image

Hind aktrisasi Ayshvariya Ray Bachchan va uning qizi Aaradya Bachchanning koronavirusga topshirgan testi natijasi musbat chiqdi. Bu haqda PTI agentligi Maxarashtra shtati Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa qaynotasi Amitabx Bachchan va turmush o‘rtog‘i Abxishek Bachchanda koronavirus aniqlangach, test topshirgan.

Ayni vaqtda Bachchan oilasining Mumbaydagi uyi yopilgan va unda yashovchilar ikki haftalik karantinga olingan. Oiladan biror kishi hozircha izoh bergani yo‘q.

Ayshvariya Ray Bachchan – fotomodel va aktrisa, 1994 yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan. 46 yoshli aktrisa hozir ham go‘zal ayollarning turli reytinglariga kirishda davom etyapti.

Ayshvariya Ray “Abadiy siznikiman”, “Muhabbat ohanglari”, “Aql va tuyg‘u”, “Jo‘shqin muhabbat”, “Devdas”, “Baykerlar 2: Haqiqiy tuyg‘u”, kabi hind kinolari hamda Gollivudda “Pushti pantera 2” komediyasida rol ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Ayshvariya Ray Bachchan

Baholaganlar

975

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing