Toshkent karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
20 dekabr 2021
2713O‘zbekiston karate WKF bo‘yicha 2022 yilgi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Osiyo karate federatsiyasining konferensiyasida ma’lum qilindi.
Ayni kunlarda Qozog‘istonning Almati shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasida Osiyo karate federatsiyasining konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Ushbu tadbir kun tartibidan 2022 yil o‘tkaziladigan qit’a chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi o‘rin olgan edi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri barcha yosh toifalaridagi qit’a chempionatini o‘zida qabul qiladigan bo‘ldi. Qayd etish joiz, avvalgi mezbon mamlakatlar epidemiologik vaziyat sabab musobaqaga mezbonlik qilishdan bosh tortpan edi.
Marosimda Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos, shuningdek, Osiyo karate federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti A’lam Mullayev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki rejaga ko‘ra, qit’a birinchiligi Osiyo o‘yinlaridan avval o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 2019 yilning iyul oyida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi