Toshkent investitsiya forumida necha milliard dollarlik aniq shartnomalar tuzilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mart kuni start olgan Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbir 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan biznes dunyosidagi muhim voqeaga aylandi.

Forum ochilish marosimida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksportini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilayotganini va xorijdan O‘zbekistonga bor-budini ko‘tarib, ish boshlayman, biznes tashkil etaman deb kelayotgan investorlar faoliyati O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing