Toshkent IIBBda xodimlarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida COVID-19 ga qarshi vaksina sinovi doirasida shaxsiy tarkibni virusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, boshqarma Tibbiyot bo‘limi vaksinatsiya jarayonida Xitoyning Mikrobiologiya instituti tomonidan “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ZF2001 rekombinant vaksinasidan foydalanmoqda.

Birinchilardan bo‘lib vaksinani Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayev qabul qilgan.

“Ushbu vaksina klinik sinovlardan o‘tgan bo‘lib, Respublika virusologiya va immunolgiya ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar markazi tomonidan ma’qullangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing