Toshkent “GAI” boshlig‘i ishdan ketdi 

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi xabar berdi.

Rafiqjon Jalilov 2019 yil martidan beri shu lavozimda ishlab kelayotgandi. 2024 yilning may oyida polkovnik Muhammad Odilov shahar IIBB YXHB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Biroq shahar IIBB matbuot xizmati mazkur tayinlovlar haqida shu paytgacha rasmiy xabar bermadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Odilov Rafiqjon Jalilov IIBB YXHB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar