Toshkent eksporti 2,5 mlrd dollarga yetkaziladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar eksport quvvatini 2026 yilgacha 1 mlrd 100 mln dollarga oshirib, 2,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘kazilgan taqdimotda aytib o‘tildi.

Taqdimotda tashqi savdo borasida ham “o‘sish nuqtalari” belgilab olingan. Xususan, joriy yilda Toshkent shahri eksporti 1 milliard 400 million dollar bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, 2026 yilga borib bu ko‘rsatkichni 2 milliard 500 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Yirik xalqaro brendlarni jalb qilish orqali ham ichki bozor talabini qondirish, ham eksportni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Taqdimotda investitsiya va eksport masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Xususan, bu yil poytaxtda 738 ta loyiha bo‘yicha jami 3 milliard 800 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi qayd etilgan. Shundan 2 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyadir. 500 ta loyiha joriy yilning o‘zida ishga tushirilib, 27 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Investitsiya loyihalarini mahallalar kesimida shakllantirish choralari, bu sohada 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida ham axborot berilgan.

Prezident Mirziyoyev Toshkent shahrining moliyaviy, iqtisodiy imkoniyatlari kengligini, hududiy loyihalarni ko‘paytirib, har bir tumanga qo‘shimcha 100 million dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev eksport

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing