Toshkent dunyodagi eng havosi iflos shahar bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 21 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahri havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida ma’lum qilindi.

Soat 08:45 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi. Toshkent shahridagi PM2,5  konsentratsiyasi hozirda JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan 28,5 baravar yuqori.

Toshkentdan keyingi o‘rinlarni Pokistonning Lahor, Bangladeshning Dakka, Hindistonning Nyu-Dehli shaharlari egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Toshkent shahri havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing