Toshkent davlat yuridik universitetida yangi magistratura yo‘nalishi ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qaror bilan Intellektual mulk agentligi ijro etuvchi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish hisoblanadi.

Shuningdek, Agentlik davlat organlari, korxonalari, muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish huquqiga ega.

2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida “Intellektual mulk huquqi” mutaxassisligi bo‘yicha yangi magistratura yo‘nalishi ochiladi.

Adliya vazirligi huzurida adliya vaziri raisligida intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi mezonlarga mos tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi O‘zbekistonda hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi:
•    tovar belgisi qo‘llaniladigan tovarlar yoki xizmatlarning turi iste’molchilar, uni tarqatadiganlar yoki unga aloqador ishbilarmonlar doirasida tanib olinishi;
•    avvaldan xos bo‘lgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish xususiyati;
•    O‘zbekiston hududida, Internet tarmog‘ining milliy segment domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;
•    respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Intellektual mulk agentligi

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing