Toshkentda tovlamachi ayol qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 aprel 2019
5635Toshkent shahri hududida qurilayotgan uylardan olib berishini aytib, odamlardan 740 million so‘m olib, uni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan tovlamachi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
2019 yil 6 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 31 mart kuni Yakkasaroy tumani Boshliq dahasida yashovchi M.X.(ismli ayol), M.E.(ismli ayol) va A.B.larga Toshkent shahri hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, M.E.dan 350 mln. so‘m hamda A.B.dan 390 mln. so‘m pullarini olgan. Pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Tovlamachi M.X. ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi