Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida tezlik cheklandi
Jamiyat
−
03 Fevral 6087 1 daqiqa
Toshkent-Chorvoq yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi 80 km/soatgacha cheklandi. Bu haqda kecha, 2 fevral kuni qabul qilingan Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashining qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hududida joylashgan davlat ahamiyatiga ega “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 19-74 kilometrlari oralig‘ida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025 yil 12 oyi davomida jami 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 15 fuqaro vafot etgan va 50 fuqaro tan jarohati olgan.
Shuningdek, hujjatda 4P-12 “Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining aholi yashash joylaridan tashqari bo‘lgan 6 ta qismida yuqori tezlik 80 km/soat etib belgilangan (ilgari 100 km/soat bo‘lgan).
Cheklov o‘rnatilgan asosiy nuqtalar quyidagilar:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda tezlik belgisi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr