Toshkent bozorlarida kunlik patta narxi oshirildi 

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi bozorlarda savdoning bir talay turlari uchun patta narxi o‘rtacha 20-30 foizga qimmatladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining bugun, 14 fevral kuni qabul qilingan “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxi o‘rtacha 20-30 foizga oshirilgan.

Quyida o‘zgargan narxlarning to‘liq ro‘yxati:

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo o‘rni) o‘lchami 1 – 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.

Mahsulotlar aralash holda sotilganda, to‘lov sotiladigan mahsulot turlari bo‘yicha belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq patta narxlari oshishini nazarda tutuvchi ushbu qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bozor patta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing