Toshkent archasi MDHdagi eng baland archalar orasida ikkinchi bo‘ldi

Jamiyat

image

2020-2021 yillar Yangi yil bayrami paytida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari poytaxtlarida o‘rnatilgan eng baland archalar reytingi tuzildi. Unda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘rnatilgan archa ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Reyting MDH mamlakatlari poytaxtlarida Yangi 2021 yilni nishonlash uchun o‘rnatilgan asosiy archalarning balandligi natijalari asosida taqdim etilgan.

MDH davlatlari poytaxtlarida o‘rnatilgan archalar reytingida birinchi o‘rinni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘rnatilgan bosh archa egallab turibdi. Uning balandligi 41 metrni tashkil etadi. Ta’kilanganidek, ikkinchi o‘rinda 36 metr balandlik bilan Toshkentdagi archa joylashgan.

Kuchli beshlik reytingi quyidagicha:

  • Ashxobod, 41 metr;
  • Toshkent, 36 metr;
  • Minsk, 30 metr;
  • Nur-Sulton, 25 metr;
  • Bishkek, 25 metr.

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MDH

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing