Toshkent – Andijon pulli yo‘li avtomobillar uchun qancha bo‘lishi aytildi
Jamiyat
−
25 mart 2021
27097Avtomobillar Toshkent – Andijon pulli yo‘lida 5 AQSH dollari evaziga harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur yo‘lda Qamchiq dovonidagi tezlik 60-70 km minimum etib belgilanadi. Yo‘lning qolgan qismida esa haydovchilar 120-150 km tezlikda harakatlanishlari mumkin.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil avtomobillar uchun belgilangan narxlar quyidagicha:
• Toshkent – Andijon: 5 AQSH dollari atrofida;
• Toshkent – Angren: 1,7 AQSH dollari atrofida;
• Toshkent – Qo‘qon: 1-2 AQSH dollari atrofida.
Toshkent – Andijon yo‘nalishida yuk avtomobillari uchun narxlar – 20 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 300 kmli yo‘l uchun 5-6 AQSH dollari atrofida bo‘ladi.
LiveBarchasi