Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikda avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklandi

Jamiyat

image

2023 yilning 1 oktyabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:

  • 67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasaroy TIIB bekatida qisqartiriladi;
  • 11, 40, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 61, 106-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi;
  • 47, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'prik Toshkent aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing