Toshkent – 2021: JCHning 3-kunida qanday voqealar yuz berdi? (foto)
Sport
−
09 dekabr 2021
3709Bugun, 9 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 3-kunida ayollar o‘rtasida 55 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda tunislik Gofran Belxirga teng keladigan raqib topilmadi.
G‘oliblik uchun kurash esa nigeriyalik Adijat Olarinoye, Ukraina vakilasi Svetlana Samulak va Gofran Belxir o‘rtasida kechdi.
Dast ko‘tarish mashqida Tunis sportchisi birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi pog‘onani ukrainalik Samulak egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Nigeriya terma jamoasi a’zosi Olarinoye yakun yasadi.
Siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun kurashda garchi “B” guruhida ishtirok etgan bo‘lsa-da, Hindiston vakilasi Devi Soroxaybam koreyalik Xam Yonji va nigeriyalik Olorinoyeni ortda qoldirib, kichik oltin medalga ega chiqdi. Biroq umumiy hisobda unga biroz omad yetishmadi.
Shu tariqa, tunislik Gofran Belxir ikki kurash yakuniga ko‘ra, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ayollar. 55 kg:
Gofran Belxir (Tunis) – 203 kg (92+111 kg);
Adijat Olarinoye (Nigeriya) – 203 kg (90+113 kg);
Svetlana Samulak (Ukraina) – 201 kg (91+110 kg).
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik Jamila Panfilova ham bahslarda ishtirok etdi. Biroq u umumiy hisobda 180 kg natija evaziga 15-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi