Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda bugun, 27 oktyabr kuni kuchli shamol esishi kutilyapti. Shu sababdan shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma’lumotiga ko‘ra, bugun poytaxtda shamol kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin”, deyilgan poytaxt hokimligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin.

“Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini,  avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz”, deya ogohlantirgan hokimlik.

Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qiling: 1055, 1050


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shamol

Baholaganlar

506

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing