Toshkent hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
03 aprel 2024
7753Shahnoza Abduvohidovna Sultonova Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Nodira Nigmatullayevna Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifadan ozod qilingan.
Yangi lavozimga tayinlangan Shahnoza Sultonova esa shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, Shahnoza Sultonova 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi