Toshkent hayvonot bog‘i yopildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 mart kunidan boshlab, Toshkent hayvonot bog‘i yopildi. Bu chora koronavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan.  

“Bizlar bu qarorga sizlarni ehtiyot qilish uchun keldik. Jonivorlar ahvolidan esa xavotirga o‘rin yo‘q. Zoologlar va mutaxassislar o‘z ishlarini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ochilishi haqida Hayvonot bog‘ining sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar qilinadi.

Avvalroq, 19 martdan boshlab, Toshkent shahrida yo‘lovchi oqimi keskin pasayishi oqibatida avtobuslar harakati kamaytirilishi haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus hayvonot bog'i

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing