Toshkent havosida PM2,5 hamon me’yordan yuqoriligicha qolyapti

Jamiyat

image

2025 yilning 6 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosida ayrim zarralar miqdori ruxsat etilgan me’yordan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi, biroq ayrimlari, aksincha, me’yordan yuqoriladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra:

  • PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 96 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmagan;
  • PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 74 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 1,2 marta oshgan.
  • IQAir portaliga ko‘ra O‘zbekiston havosi iflos mamlakatlar reytingida 43 o‘rinda, sariq – havo sifati o‘rtacha rangda qayd etilgan.

Havodagi PM2,5 va PM10 zarralarining o‘zi nima? Allergolog shifokor Nodirbek To‘rayev ularni qayidagicha izohlaydi:

“Bu havodagi chang zarrachalarining razmeri, ya’ni hajmi, 2.5 nanometr. Bitta misol qilib keltiraman, bizning o‘pkamizda eng oxirgi “aveola”gacha boradigan teshikni kattaligi 5 nanometr. Bu PM2,5 teshikdan bemalol o‘tib qayta oladi degani. PM10 degani bu o‘pkani ichigacha, ya’ni aveollagacha, gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan joygacha yetib boraolmaydigan chang zarrasi degani. Bu yuqori nafas yo‘llarida qolib ketadi: burun bo‘shlig‘ida og‘iz bo‘shlig‘ida…. Buni oddiy yo‘tal yoki burun oqishi ko‘rinishida chiqarib yuboramiz. Bu biz uchun zararsiz”, deydi allergolog. 

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘gandi, biroq bu bilan havo to‘liq tozalanmadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing