Toshkent havosi “o‘ta nosog‘lom” deb baholandi. Bu qachongacha davom etadi?

Jamiyat

image

AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi. Bu haqda havoning ifloslanish darajasini o‘lchovchi saytda axborot berilgan.

Qayd etilishicha, bunday ob-havo sharoitida bolalar va kattalar, shuningdek, nafas olish yo‘llari kasalliklari, masalan, astma bilan og‘rigan odamlar ochiq havoda harakat qilishdan tiyilishlari kerak.

“Barcha ayniqsa bolalar, ochiq havoda harakat qilishdan cheklanishlari kerak”, deyiladi xabarda. 

Ayni damda shamol 5-10 metr/sekund tezlikda esmoqda va mazkur holat tungi soat 00:00 gacha davom etishi prognoz qilinmoqda.

Bugun, 4 noyabr kuni dastlab Sirdaryo viloyatida ko‘tarilgan qumli bo‘ron kunning ikkinchi yarmida mamlakat poytaxti Toshkentga ham yetib keldi

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, ushbu tabiiy hodisaga Rossiya tomondan kirib kelgan sovuq havo oqimlari ortidan ko‘tarilgan shamol sabab bo‘lgan. Shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilgan va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 metrgacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing