Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
Jamiyat
−
22 sentabr 2025 8843 1 daqiqa
Bugun, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Soat 19:52 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 99 mkg/m kubni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 19,8 baravarga ko‘p.

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr