Toshkent havosi ifloslangan shaharlar reytingida 2-o‘ringa chiqdi
Bu qiziq
−
17 avgust
4104Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, soat 18:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 60.5 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 12,1 baravarga ko‘p.
Ma’lumot uchun, aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Bunday ob-havo sharoitida ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.