Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida yana 1-o‘ringa chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 fevral kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha yana 1-o‘ringa chiqdi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, soat 11:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 171 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 34,2 barobarga ko‘p. Hozirda shahar havosi sifati “juda zararli” tasnifida turibdi.

Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri, 3-o‘rinni esa Bangladeshning Dakka shahri egallagan. Ularda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 136,6 mkg/m3 va 119 mkg/m3 ni tashkil etadi. 

Keyingi pog‘onalarni Kampala (Bangladesh), Bishkek (Qirg‘iziston), Katmandu (Nepal), Dehli (Hindiston), Uxan (Xitoy), Karachi (Pokiston), Mumbay (Hindiston) shaharlari egallagan.  

JSSTga ko‘ra, havoning ifloslanish ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni ham Toshkent shahri dunyodagi havosi eng iflos shahar bo‘lgandi. O‘shanda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing