Toshkent havo iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lum qilgan.

Soat 14:23 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 206mkg/m³ ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 41,2 baravarga ko‘p.

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.

Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 yanvar kuni Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo iflosligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing