Toshkent havo iflosligi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

Bu qiziq

−

image

Bugun, 27 dekabr kuni Toshkent shahri havo iflosligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda IQAir portali xabar berdi.

Havo sifati indeksi (AQI) reytingiga ko‘ra, 27 dekabr soat 08:48 holatida Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha Dehlini ham ortda qoldirib, dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda 2-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri, 3-o‘rinni Pokistonning Laxor shahri, 4- o‘rinni Xitoyning Vuxan shahri egallagan.

 

Havo sifatining zararlilik darajasi uning o‘sish birligiga qarab belgilanadi va ranglarga bo‘linadi. Masalan: 

Havo sifati 0-50 birlikkacha “yashil” daraja bilan yaxshi; 

  • 51-100 birlikkacha “sariq” daraja bilan o‘rtacha xavfli;

  • 101-150 birlik holatida “olovrang” darajasi bilan zaif guruhlar uchun zararli;

  • 151-200 birlikda “qizil” daraja bilan zararli; 

  • 201-300 birlikda “binafsharang” daraja bilan juda zararli;

  • 301+ birlikda esa “bordo” rangi bilan xavfli deb baholanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing