Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Podpolkovnik Sherxon Abduxalilovich Mo‘minov Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda harbiy okrug Matbuot xizmati xabar berdi.

Sherxon Mo‘minov 2019 yilning avgust oyidan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘ining moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.

Podpolkovnik Sherxon Mo‘minov Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Rossiya Federatsiyasi Moddiy texnik ta’minot akademiyasida tahsil olgan. Farg‘ona garnizonida, vazirlik qo‘shinlarida – texnik va moddiy ta’minot organlaridagi turli lavozimlarda xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Toshkent harbiy okrugi

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing