Tornado bir kechada AQSHdagi shaharning bir qismini vayron qildi (fotoreportaj)
Olam
−
29 aprel
8002AQSHning Oklaxoma shtatidagi Salfir shahrining bir qismini tunda sodir bo‘lgan tornado vayron qildi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, ko‘plab binolarning devorlari va tomlari qulab tushgan. Ba’zi binolarni qayta tiklashning imkoni yo‘q. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, besh mingdan ortiq odam uy-joyidan ayrilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, dam olish kunlari Oklaxomada kamida 16 ta tornado qayd etilgan. Yana bir nechta tornado Kanzas janubi-sharqida va Missuri shimoli-g‘arbiy qismida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni tushdan keyin Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida yil boshidan beri eng kuchli tornado sodir bo‘lgandi. Tabiiy ofat besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi, ularning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, tornado 140 dan ortiq zavod va fabrika binolariga zarar yetkazgan.
Muqaddasxon Sattarova
LiveBarchasi