Tonnel oxirida yorug‘lik ko‘rindi – JSST davlatlarga vaksina bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 ta davlat qo‘ishlganini ma’lum qildi.

“Bir qator vaksina shu vaqtda klinik sinovlarning so‘nggi bosqichida. Tonnel oxirida yorug‘lik ko‘rindi”, degan Gebreyesus.

Gebreyesus Shveysariyaning Jeneva shahrida videokonferens shaklida o‘tkazilgan anjumanda davlatlarni JSST boshchiligidagi COVAX`ga moliyaviy yordam berishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkiloti barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan ishlayapti. Ayni vaqtda tashkilot 9 ta umidli preparatga ega.

Mexanizm unga a’zo barcha davlatlargaa koronavirus vaksinasining adolatli tarqatilishi uchun xizmat qiladi.

Bosh direktorning ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada barcha davlatlarga a’zolik taklifnomasi yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya hozircha dunyoda koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yagona davlat bo‘lib turibdi. Mamlakatda koronavirusga qarshi vaksina 11 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

1001

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing