“Tonirovka” uchun ruxsatnoma beradigan joylar kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan avtomobil oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma uchun to‘lov narxi pasaytirildi.

“Tonirovka” uchun tariflarning pasaytirilishi Toshkentda ruxsatnoma uchun turnaqator navbatlar keltirib chiqarishi mumkinligi hisobga olinib, 4 ta bank rahbariyati bilan kelishgan holda ruxsatnomani faqatgina Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida emas, banklarning tumanlardagi bo‘limlarida ham rasmiylashtirishni yo‘lag qo‘yildi.

Bugun, 4 sentyabrdan banklardan “tonirovka” uchun ruxsatnoma olish to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, endilikda ruxsatnoma olish uchun qo‘shimcha joylarga ehtiyoj qolmagan. Negaki, bunday ruxsatnoma olishni istovchilar kamaygan. 4 sentyabrdan haydovchilar “tonirovka” uchun ruxsatnomani faqatgina YHXB bo‘limlaridan olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

tonirovka

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing