“Tonirovka” bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Pardaga ruxsat berildi
Jamiyat
−
03 avgust 2019
82214O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan to‘lov stavkalari bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan oynalarning tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun olingan ruxsatnomalarning amal qilish muddati mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan yangi to‘lov stavkalariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Yangiliklar quyidagicha:
"Tonirovka"ning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:
orqa oyna (lobovoy) – 100 foizgacha;
orqa yon oyna (orqa eshik) – 100 foizgacha;
old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50 foizgacha.
old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100 foizgacha;
turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50 foizacha.
"Tonirovka" narxlari quyidagicha tasdiqlandi:
• Orqa oyna (lobovoy) uchun: bepul (ruxsatnoma olish shartmas)
• Old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – bepul (ruxsatnoma olish shartmas)
• Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun (1 yilga):
jismoniy shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
yuridik shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
xorijiy tashkilotlarga - 20 barobar (4 mln 460 ming so‘m).
• Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar) (1 yilga):
jismoniy shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
yuridik shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
xorijiy tashkilotlarga - 80 barobar (17 mln 840 ming so‘m).
• Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida.
Parda masalasida quyidagicha tartib o‘rnatildi:
III klassdagi yo‘lovchilarni tashiydigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko‘p bo‘lgan hamda faqat o‘tirib ketishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari tushuniladi.
Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;
2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi