“Tonirovka” uchun gologramma. U o‘zi nima?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qarorga binoan yana bir yangilik – bu avtomobil oynalarining tusi ruxsatnoma asosida o‘zgartirilganligini (qoraytirilganligini) bildiruvchi va avtotransport vositalarining old oynalariga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan maxsus emblemalar (gologrammalar) bo‘ldi.

Ushbu gologrammalarni va oynalar tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomalarni tayyorlash vazifasi “Davlat belgisi” DICHBga yuklatildi. Ya’ni, ruxsatnoma oddiygina “qog‘ozcha” emas, balki qalbakilashtirilishdan himoya qilinishi ko‘zda tutilgan hujjat bo‘ladi. Gologramma yoki ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish”) muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Toshkent shahar IIBB salomatligi yaxshi bo‘lmagan, xususan, ko‘rish qobiliyati bilan muammolari bo‘lgan haydovchilarga, shuningdek, yetarli haydovchilik malakasiga ega bo‘lmagan yoshi katta insonlarga avtomobil old yon oynalarining tusini o‘zgartirmaslikni tavsiyaetib, oynalar tusini o‘zgartirish masalasiga jiddiy yondashni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

ruxsatnoma tonirovka

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing