Toni Fergyusonning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UFC'ning yengil vazn toifasida sobiq muvaqqat  chempioni Toni Fergyusonning navbatdagi raqibi Charlz Oliveyra bo‘ladi. Bu haqda ESPN MMA'ning Twitter'dagi sahifasida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, Toni va Charlz o‘rtasidagi jang joriy yilning 12 dekabr kuni Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 256 musobaqasi doirasida o‘tkaziladi.

Ushbu ma’lumot UFC Prezidenti Dana Uayt tomonidan ham tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson o‘zining UFC’dagi so‘nggi jangida Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgan.

Charlz Oliveyra esa so‘nggi jangini 2020 yilning 14 martida Kevin Liga qarshi o‘tkazgan. Oliveyra raqibini muddatidan avval taslim qilgan.

Avvalroq, irlandiyalik aralash jang san’ati ustasi Konor Makgregor oktagonga qaytishini tasdiqlagani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

UFC MMA

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing