Toni Fergyuson: “Habib sen qo‘rqoqsan”

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sportchisi Toni Fergyuson UFC-249 turniri doirasida jahon chempioni Habib Nurmuhamedovga qarshi jang qoldirilgani bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Habib men bilan jang qilishni istamayapti. U qo‘rqoq. Mendan qo‘rqqani uchun qochib yuribdi. Shuning uchun ham uni chempionlik kamaridan mahrum qilish kerak. Biz uni qo‘rqitmadik. Unda Abu-Dabi orqali AQSHga kelish imkoni bor edi”, deya izoh berdi Toni Fergyuson ESPN nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rdasidagi jang beshinchi bor qoldirilmoqda. Habib va Toni o‘rtasidagi dastlabki jang 2015 yili bo‘lib o‘tishi kerak edi. Habib Nurmuhamedov jarohat olgani bois ushbu bellashuv qoldirilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov professional faoliyati davomida 28 marotaba jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 

Toni Fergyuson ham Habib kabi 28 marotaba oktagonga ko‘tarilgan. O‘tkazilgan janglarning 25 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Toni Fergyuson

Baholaganlar

491

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing