Tomskdagi fojianing yana bir qurboni o‘zbekistonlik bo‘lgan

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida, 12 nafar fuqaro halok bo‘lgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Shu kunning o‘zida 11 nafar fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ulardan 10 nafari o‘zbekistonlik va 1 nafari Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan birlamchi tahlil natijalariga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘n birinchi fuqaro Andijon viloyati Andijon tumanida istiqomat qilgan Muzaffarjon Dilmurotovich Mamajonov bo‘lgani aniqlandi.

Elatib o‘tamiz, mazkur fojia bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan maxsus komissiya tuzildi va unga fojia qurbonlariga yordam ko‘rsatish vazifasi yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Tomsk

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing