Bir oylik harbiy xizmatga to‘langan pullar qaytarib berilmaydi – Mudofaa vazirligi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq holat yaxshi tomonga o‘zgarganidan so‘ng harbiy xizmatga chaqiruv ishlari davom ettiriladi. Bir oylik xizmatga, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SCHR) harbiy xizmatni o‘tash uchun pul badalini to‘lab qo‘ygan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar SCHR bir oylik xizmat yig‘inini o‘tashlari mumkin. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni AOKA shtabida o‘tgan brifing vaqtida Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov aytib o‘tdi.

Zulfiqorovning ma’lum qilishicha, karantin muddati tugagandan so‘ng, albatta, bir oylik xizmat yig‘iniga jalb qilish boshlanadi. Shu sabab to‘lov qilingan badal pullari qaytarib berilmaydi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq bu xizmat turi uchun to‘langan pul badallari fuqaro harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etganda hamda maxsus hisob raqamga yanglishib yoki ortiqcha pul badallari o‘tkazilgan holatda pul badallari belgilangan tartibda qaytarib berilishi belgilangan”, dedi Bahrom Zulfiqorov.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

412

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing